Stoltenberg NATO Ukrainaga uzoq yillar yordam berishi kerakligini aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 10:02
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi mojaro tez orada tugasa ham, NATO Ukrainani uzoq yillar davomida qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar NATO umid qilganidek, Ukrainadagi urush yaqin orada tugasa ham, ittifoq Kiyevni uzoq yillar davomida qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi. Bu Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va “kelajakdagi tajovuz”ning oldini olish uchun talab qilinadi.

NATO bosh kotibining ta’kidlashicha, hozirgi bosqichda u Kiyevni hech qanday yon bosishga chaqirmayotgani va Ukraina “ustunlikka erishganidan” keyingina tinchlik yo‘li bilan kelishuv mumkin bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Stoltenberg bo‘lajak muzokaralar chog‘ida maqbul natijaga erishish uchun Ukraina tomoni qanday murosaga borishga tayyorligini Kiyev hal qilishi kerakligini ta’kidladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati