Yozning issiq kunlarida avtomobil kondisioneridan qanday foydalangan ma’qul?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-08-2024, 14:44

????Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kondisionerning o‘zi shamollashga olib kelmaydi, chunki bu kasallik kelib chiqishiga sovuq havo emas, balki mikroorganizmlar sabab bo‘ladi. Biroq o‘ta sovuq muhitda uzoq vaqt bo‘lish immun tizimini zaiflashtiradi, bu esa tanani infeksiyalarga qarshi himoyasiz qilib qo‘yishi mumkin.

???? Bundan tashqari, inson tanasida harorat pasaygandan so‘ng qon tomirlari torayadi, bu qon oqimini susaytiradi, natijada immunitet hujayralarining tomoq va burun shilliq pardalariga yetkazib berilishi tezligini sekinlashtiradi. Ko‘pincha aynan shu organlar bakteriyalar va viruslar uchun “kirish joyi” bo‘lganligi sababli, bunda infeksiya rivojlanishi ehtimoli ortadi.

???? Shuningdek, haroratning keskin o‘zgarishi, ya’ni sovitilgan xona yoki avtomobildan birdaniga jaziramaga chiqish ham tanani stressga tushirib qo‘yadi. Shu vaqtda stress gormonlari ishlab chiqariladi, uzoq muddat bu hol takrorlansa, immunitet tushib ketishi mumkin.

???? Xonada o‘tirganingizda kondisionerni vaqti-vaqti bilan o‘chirib qo‘yishingiz yoki sovuq havo oqimi urmaydigan joyga o‘tib olishingiz mumkin. Ammo transportda bo‘lganingizda-chi, o‘zingizni asrash uchun nimalar qilishingiz mumkin?

???? Avtomobilda bo‘lganingizda quyidagi qoidalarga rioya qilishga harakat qiling: ✔️mashinani haydashdan oldin salonni yaxshilab shamollating; ✔️sovuq havoni yuz va ko‘krak qismingizga yo‘naltirmang; ✔️haroratni asta-sekin ko‘taring yoki pasaytiring.
???? Hozir deyarli har bir avtobusda kunduzi kondisioner ishlab turibdi. Afsuski, unda ketayotganingizda kondisionerning ishlashiga ta’sir qila olmaysiz. Ba’zi yo‘lovchilar sovuq havo keladigan teshiklarni yopib qo‘yadilar, ammo bu muammoning faqat yarim yechimidir. Avtobusda yurganingizda yana bir qavat yozgi kostyum yoki yengil ustki kiyim kiyib olish ham vaziyatni yengillatishi mumkin.
❓Agar barcha urinishlaringiz besamar ketib, baribir shamollab qolgan bo‘lsangiz, nima qilish kerak?
???? Universal tavsiya: simptomlarni yengillashtiradigan lokal ta’sir qiluvchi vositalardan foydalaning (hech qanday holatda shifokor tavsiyasisiz antibiotiklar bilan davolanmang).
???? Issig‘ingiz chiqqanida haroratni pasaytiruvchi, bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lish uchun esa har qanday reseptsiz og‘riq qoldiruvchi vositalardan foydalansangiz bo‘ladi. Tomoq shilliq qavatining yallig‘lanishidan esa maxsus so‘radigan tabletkalar yoki pastilkalar ajoyib yechim bo‘ladi. Bundan tashqari, tomoq og‘rig‘i uchun yaxshi o‘rganilgan antioksidant bo‘lgan S vitamini mavjud vositalar ham davodir. Odatda bunday mahalliy davolanish yetarli bo‘ladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati