Bugun

2025-04-24


Qo'y 21.03-20.04

Xodisalar siz istagandan tezroq amalga oshadi. Bugun qaysarligingiz tutib qolishi mumkin, bunga yo'l qo'ymang, olovga moy purkaganingiz qoladi.

Buzoq 21.04-21.05

Bugun bayzi havfli ishlarga qo'l urishingiz mumkin. Bunday harakat oqlanadi, faqat odatga kirmasa bo'lgani.

Egizaklar 22.05-21.06

Bugun biroz asabiy bo'lasiz. Agar hislaringizni ko'rsatmasligingiz kerak bo'lgan uchrashuvlar kutayotgan bo'lsa, ularni biroz qoldiring.

Qisqichbaqa 22.06-22.07

Bugun siz hurmatga sazovor bo'lishi mumkin bo'lgan harakatlarni amalga oshirishga qodir bo'lasiz.

Arslon 23.07-23.08

Bugun yahshi hotiraga ishonmang, o'zingiznikiga ham boshqalarnikiga ham. Siz manzilni unutib shahar kezasiz yoki suhbatdoshni ismini yoddan chiqarasiz. Xar qanday holatda hammasini yozib qo'yganingiz mayqul.

Parizod 24.08-23.09

Ancha oldin ekkan urug'laringiz bugun o'z hosilini berishi mumkin. Ularni toptamaslikka harakat qiling.

Tarozi 24.09-23.10

Xatto yolg'izlikni ham o'z gashti bor, ayniqsa u uzoq kutilgan bo'lsa. Ammo insoniyat odamlar orasida bo'lish uchun yaralganini unutmang, yolg'izlik sog'liqqa zarar etkazadi.

Chayon 24.10-22.11

Bugun siz va sevgan insoningiz o'rtasida ziddiyat yuzaga keladi, bu esa biroz vaqt ayriliqqa olib kelishi mumkin. Bu vaziyatda uchinchi shahsning yordami kerak bo'ladi.

O'qotar 23.11-21.12

Shubhalar vaqti ortda qoldi. Bugun nimaga erishayotganingizni aniq bilasiz. Bundan tashqari azaliy maqsadingiz sari yo'l topasiz. Ilk qadamni qo'yish eng qiyini.

Tog' echkisi 22.12-20.01

Bugun odamlarning diqqat markaziga tushib qolsangiz, vaziyatdan unumli foydalaning. Kim bilsin, bunday imkon yana qachon bo'larkin?

Qovg'a 21.01-18.02

Bugun kimdir o'zi bilmagan holda hamma narsani yo'qqa chiqarishi mumkin. Agar o'sha odamni boshqa ish bilan band qilsangiz, ehtimol vaziyatni qutqarish qo'lingizdan kelar.

Baliq 19.02-20.03

Bugun kimdir o'zining borligi bilan kayfiyatingizni butunlay buzib qo'yishi mumkin. Sizning vazifangiz – bunga yo'l qo'ymaslik. Sizni asabiylashtirayotgan shahsga umuman eytibor qilmang, shunda sizning emas, uning kayfiyati buziladi.