• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Yaponiya va Turkiya hamkorligida Samarqandda qiymati 300 million dollarlik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quriladi

Yaponiya va Turkiya hamkorligida Samarqandda qiymati 300 million dollarlik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quriladi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-07-2024, 15:24
Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiya va Turkiya delegasiyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

???? Unda Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov, Yaponiyaning “Sojitz” korporasiyasi bosh ijrochi direktori Masayoshi Fujimoto, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) prezidenti Tadashi Mayeda, Turkiyaning “Rönesans International” kompaniyasi bosh direktori Kaan Kemal Ekermenlar ishtirok etdi.

???? Ta’kidlash joiz, ushbu uchrashuv joriy yilning 17-21-iyun kunlari vazir o‘rinbosari F.Tashpulatov boshchiligidagi delegasiyaning Yaponiya davlatiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

✅ Muloqot davomida ta’kidlanganidek, bugungi kunda Yaponiya va Turkiya bilan mamlakatimizda tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

???? Ushbu davlatlarning bir qancha tibbiyot oliygohlari bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida birgalikda bo‘lajak tibbiyot mutaxassislari tayyorlanmoqda.

???? Qolaversa, ayni paytda ushbu mamlakatlarning nufuzli kompaniyalari bilan investisiyaviy, davlat-xususiy sheriklik hamda grant loyihalari ustida ish olib borilmoqda.
???? Mehmonlar yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasida xorijiy investorlar va xususiy sektor vakillari uchun keng imkoniyat hamda qulayliklar yaratilganini qayd etdi.
???? Darhaqiqat, tibbiyot sohasida yaratilgan sog‘lom raqobat muhiti tufayli aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va qamrovi oshib bormoqda. Xususan, so‘nggi 8 yilda mamlakatimizda xususiy shifoxonalar 2,7 barobarga ko‘payib, ularning soni 8 800 taga yetdi va bu ko‘rsatkich har yili o‘rtacha 500-600 taga ortyapti.
✍️ Uchrashuvda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yaponiyaning “Sojitz” korporasiyasi va Turkiyaning “Rönesans” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
???? Unga ko‘ra, Samarqand viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida Samarqand shahrida 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish bo‘yicha qiymati 300 million dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Mazkur klinikani qurish ishlari 2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati