“Barselona” Mbappeni qo‘ldan chiqargan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 09:48
“Barselona” tizimida 2005-2020 yillar davomida faoliyat yuritgan sobiq direktor Xavyer Bordas klub o‘z vaqtida Kilian Mbappe va Erling Xolandni transfer qilmoqchi bo‘lganini aytdi.

- Agar klubni men boshqarganimda Mbappe hozir “Barsa”da o‘ynayotgan bo‘lardi. PSJ Neymar transferi uchun 222 million yevro to‘lagani paytda Mbappeni sotib olish uchun yetarli mablag‘ bor edi.

Lekin o‘sha paytdagi rag‘bariyat Usmon Dembeleni tanladi. Men Mbappe variantini ma’qulladim, Kilianning otasi bilan gaplashib, o‘g‘lini “Barselona”ga o‘tishga ko‘ndirishga tayyor edim. Hatto bir lahza bo‘lsa ham buni amalga oshira olishimizga ishongandim ham.

Erling Xoland ham Ispaniyada o‘ynashni istaydi. Uning ham “Barselona”ga o‘tish xohishi bor edi. O‘shanda “Zalsburg”ga 20 million va Xolandning agenti Mino Rayolaga ham shuncha mablag‘ to‘lash kerak bo‘lardi. Rahbariyat vakillari tarkibda Luis Suares borligini inobatga olib, Xolandni olib kelish g‘oyasidan ham voz kechishdi, - dedi Xavyer Bordas.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati