Zelenskiy uchun faqat “yomondan o‘ta yomongacha” darajasidagi variantlar qoldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 09:18
Vladimir Zelenskiy uchun faqat “yomondan o‘ta yomongacha” darajasidagi variantlar qoldi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Gazetaga ko‘ra, Ukraina uchun Rossiya tomonidan qurolli kuch bilan bosib olingan hududlarni qaytarish ehtimoli tobora kamayib bormoqda va Putin bilan tinchlik muzokaralari Zelenskiy uchun siyosiy jihatdan "zaharli" bo‘ladi.

Hozirgi qarama-qarshilik paytida har kuni jang maydonida ukrainaliklar o‘lmoqda, ammo sulh ukrainaliklar uchun qabul qilib bo‘lmaydigan variant. Chunki bu Rossiyaga kuch to‘plash uchun vaqt beradi. Bundan tashqari, Ukraina uchun 60 milliard dollarlik yordam loyihasi AQSh Kongressida olti oydan beri tasdiqlanmasdan qolmoqda. Ukraina va G‘arb rasmiylari Zelenskiyni umidsiz ahvoldagi odam sifatida ko‘rishyapti.

The Washington Post Ukraina prezidenti uchun eng qiyin vazifa ukrain xalqining umidlarini amalga oshirish deb hisoblaydi. Xususan, gap Zelenskiyning 1991 yilgi chegaradagi barcha yerlarni Ukraina nazoratiga qaytarish haqidagi va’dasi haqida bormoqda.

"Ukraina yangi hujumga o‘tish uchun yetarli kuchga ega emas. Agar G‘arb tinchlikni istasa, u nafaqat Ukrainaning mavjud ehtiyojlariga javob berishi, balki 2025 yilda qarshi hujumga o‘tishi va katta hududlarni o‘z nazoratiga olishi uchun 2024 yilda Kiyevni barcha zarur resurslar bilan ta’minlashi kerak", — deya fikr bildirdi ismi sir qolishini xohlagan nashr manbasi.

Shu bilan birga, gazetaning qayd etishicha, buning uchun Ukraina mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan safarbarlik masalasini hal qilishi kerak. Dastlab Ukraina harbiylari yana 500 ming kishini safarbar qilish zarurligi haqida gapirayotgan edi, ammo keyinroq rasmiylar safarbarlik yumshoqroq shaklda bo‘lishini ma’lum qilishdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati