Arteta: Brayton avgust oyidan buyon o‘z uyida mag‘lub bo‘lmagandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 06:40
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga qarshi o‘yin natijasi haqida fikr bildirdi.

Londonliklar “chayqalar”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Premyer-liga turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi.

"Bu juda qiyin edi, "Brayton" avgust oyidan beri o‘z uyida mag‘lub bo‘lmagan jamoa edi. Bu jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin, u juda ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Lekin jamoamiz yetuk va aqlli harakat qilib, ko‘rsatishi kerak bo‘lgan o‘yinni ko‘rsatdi.

Mehmondagi 5 ta uchrashuvda gol o‘tkazib yubormaganimiz ajoyib, bu katta plyus. Biz xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak”, - deya Arteta so‘zlarini keltiradi BBC.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati