Lempard JCH-2026 mezboniga bosh murabbiy bo‘lishi kutilmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 00:44
Frenk Lempard Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.

The Telegraph nashrining yozishicha, Kanada futbol federasiyasi “Chelsi”ning sobiq futbolchisi Frenk Lempardni AQSH va Meksika Kanada bilan birgalikda mezbonlik qiladigan 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlash uchun terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Hozirda Kanadada vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Mauro Byello ishlamoqda, u o‘tgan yozda "Toronto"ni boshqarish uchun bu lavozimni tark etgan Jon Xerdmanning yordamchisi bo‘lgan.

Oldinroq Lempard qiziqarli taklif tushsa, murabbiylikka qaytishga tayyorligini aytgandi.

Lempardning so‘nggi ish joyi "Chelsi" bo‘lgan. Angliyalik sobiq futbolchi Grem Potter iste’foga chiqarilganidan so‘ng 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lib "aristokratlar"da ishlagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati