Fevzi Davletov: «Jamoa o‘ziga kelyapti»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 00:04
O‘zbekiston Superligasi 5-turida OKMKni mag‘lub etgan "Surxon" klubi bosh murabbiyi Fevzi Davletov g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi."Avvalgi turdagi juda qiyin uchrashuvdan keyin jismoniy va ruhiy tomondan ancha toliqish sezildi. Birinchi taym shuning uchun ancha qiyin kechdi. To‘pni nazorat qila olmadik. Biz o‘ylagan rejamiz asosida o‘ynay olmadik. Ikkinchi bo‘limda biroz taktik o‘zgarishlar qildik, futbolchilar boshqacha harakat qilishni boshlashdi. Uchinchi golni urib olganimizda osnoroq bo‘lardi.Ketma-ket uch mag‘lubiyat futbolchilarga biroz ruhiy bosim qilayotgandi. Ammo, Namanganda ular o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsata olishdi va bu bosimdan chiqa olishdi. Oxirgi besh kunda tiklanish jarayoni yaxshi kechdi. O‘tgan turdagi o‘yindan so‘ng o‘zlariga bo‘lgan ishonchni orttirishdi. O‘ynay olishlarini ko‘rsatishdi. G‘alaba qozonmasak bo‘lmas edi.Ulug‘bek Hoshimovning yoshlar terma jamoasiga ketgani ham bugun sezildi. Uning maydondagi harakatlari yetishmadi deyish mumkin. Jamoa o‘ziga kelayapti. O‘zlariga bo‘lgan ishonch ortdi. G‘alabamiz tasodif emas.Potapov hali tayyor emas. Futbolchida shunday holatlar bo‘lib turadi. Unga biroz vaqt kerak. Nimeli esa hali ilk turdagi jarohatidan tuzalmadi. Yaqin kunlarda safga qaytishiga umid qilayapmiz", — dedi Davletov.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati