Shahrom Samiyev: «Golimni» «ziga-zaga» deb qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlayman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 00:00
«Andijon» Superliganing 5-turida Toshkentda «Lokomotiv»ni 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirilgan tojikistonlik hujumchi Shahrom Samiyev ikkinchi golga mualliflik qildi va chempionatimizdagi gollari hisobini ochdi. Futbolchi «Andijon» matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. — Shahrom, «Lokomotiv»ga qarshi bahs to‘g‘risida nima deya olasiz?— O‘yin yaxshi va emosiyalarga boy tarzda o‘tdi. Jamoadoshlarimga rahmat, oxirigacha hisobni ushlab turishdi va muxlislarga katta raxmat. Ular eng zo‘ri!— «Andijon» safidagi birinchi golingizni urdingiz. Hissiyotlar qanday?— G‘alabadan juda mamnunman. Jamoaning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shganimdan xursandman va bizda ahil bir oila mujassam.— Zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirishda hissa qo‘shyapsiz va gol uryapsiz. Sizni «yashirin qurol» deb atasak bo‘ladimi?— Nima desam ekan, men doim jamoaga yordam berishga tayyorman. Asosiy tarkibdami yo zaxiradanmi, farqi yo‘q. Yashirin qurol xaqida xech narsa deya olmayman (kuladi). — Golingizni kimga bag‘ishladingiz?— Golni bizni «ziga zaga», “olg‘a «Andijon», deb qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlayman.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati