APL. «Arsenal» «Brayton»ni ayab o‘tirmadi (videosharh)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 23:56
Angliya chempionatining 32-turi doirasida «Arsenal» safarda «Brayton» klubi mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bahsning 33-daqiqasida Bukayo Saka penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Kay Xaverts va Leandro Trossad bittadan gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi.Ushbu g‘alabadan keyin Arteta jamoasi hisobidagi ochkolar 71 taga yetdi va "kanonirlar" jadvalda vaqtinchalik bo‘lsa-da 1-o‘ringa ko‘tarilishdi.Angliya chempionati, 32-turBrayton – Arsenal 0:3 (0:1, 0:2)Gollar: 0:1 – 33, penalti Saka, 0:2 – 62 Xaverts, 0:3 – 86 Trossard.Brayton – Verbryuggen, Lempti, Dank, van Xekke, Estupinyan, Gross, Moder (Buonanotte, 63), Baleba, Ensiso (Joao Pedro, 63), Adengra, Uelbek (Fati, 76).Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 72), Jorjinyo, Edegor (Fabiu Viyeyra, 89), Rays, Xaverts (Nketia, 89), Saka (Martinelli, 64), Gabriel Jezus (Trossard, 64).Ogohlantirishlar: Baleba (76), Saliba (79), Uayt (90+5).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati