«Navbahor» nazorat o‘yinida «Metallurg»ni mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 23:48
Bugun Toshkent viloyati "Do‘stlik"  jamoa xo‘jaligida joylashgan terma jamoalar markazi futbol maydonida Superliganing 5-turida o‘yin amaliyotisiz qolgan "Metallurg"  hamda "Navbahor"  jamoalari o‘rtasida nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda namanganliklar g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvning birinchi daqiqasidaq vodiyliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Asad Sobirjonov himoya markazidan darvoza tomon yo‘l topa oldi - 1:0.Taym yakunida "Metallurg" o‘z darvozasidan yana bitta to‘p olib chiqdi. Bu safar darvozabon to‘pni birinchi o‘rinishda qaytargandi. Ikkinchi temp bilan berilgan zarbaga himoyachi qalqon bo‘ldi. Biroq qanot hakami himoyachi bosh bilan to‘pni qaytarguniga qadar u havoda chiziqni kesib o‘tdi,  degan qarorga keldi. "Metallurg" gollar oralig‘ida javob qaytarish uchun bir qator vaziyatlar yaratdi. Ayniqsa Marko Milichkovich darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatdan foydalana olmagani afsuslanarli bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda tarkib deyarli to‘liq o‘zgardi. "Metallurg"ning o‘yini ham boshqacha — hujumkor tus oldi. Jamoa bu taymda kamida uch-to‘rtta gol urishi mumkin edi. Ammo Shahzodbek Ubaydullayev,  Rizo Yazdando‘st, Sardor Abduraimovdan omad yuz o‘girdi. Ubaydullayevning besh metrdan bergan zarbasini himoyachi to‘sgan bo‘lsa,  Rizoning bosh bilan standart vaziyatdagi zarbalariga biroz aniqlik yetishmadi. Abduraimovning xavfli zarbasini esa Lobanov qaytardi. Ikkinchi taymda maydonga tushgan Aleksandr o‘yin qahramonlaridan biri bo‘ldi. Mazkur nazorat uchrashuvi har ikkala jamoa uchun Kubok o‘yinlari oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.Nazorat uchrashuvi "Metallurg"  - "Navbahor"  - 0:2Gollar:  Asad Sobirjonov,  Filip Ivanovich.Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko,  Timur Gaynullin. Nazoratchi:  Ravil Shoyaxmetov. "Metallurg":  Rahimjon Davronov,  Davron Ergashev,  Abbos Otaxonov,  Ivan Yosovich,  Abror Toshqo‘ziyev,  Shahzodbek G‘ofurbekov,  Kerim Palich,  Iskandar Shayqulov,  Marko Milichkovich,  Boban Jorjevich,  Shahzodbek Ubaydullayev."Metallurg" (2-taym):  Akmal Ortiqov,  Xudoyshukur Sattorov,  Rizo Yazdando‘st,  Mirg‘iyos Sulaymonov,  Ergash Ismoilov,  Sirojiddin Qo‘ziyev,  Sardor Abduraimov,  Hazrat Tursunqulov,  Marko Milichkovich,  Boban Jorjevich,  Shahzodbek Ubaydullayev (Behruz Abdullayev) "Navbahor": O‘tkir Yusupov,  Farrux Sayfiyev,  Filip Ivanovich, Azim Ahmedov, Abdulxayev, Jamshid Boltaboyev,  Yovan Jokich., Asad Sobirjonov,  Jamshid Iskanderov  Abror Ismoilov, Toma Tabatadze.Zaxiradan maydonga tushganlar: Aleksandr Lobanov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Giorgi Nikabadze, Shodiyor Shodiboyev, Navro‘zbek Iminjonov, Ozodbek O‘ktamov, Nurmuhammad Toshpo‘latov. 












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati