Hamzat Chimayev UFSga taklif bilan chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 23:16
UFS o‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan mashhur chechen jangchisi Hamzat Chimayev UFS prezidenti Dana Uaytga o‘rta vazn toifasida sobiq UFS chempioni avstraliyalik Robert Uittaker bilan bo‘ladigan jangida raundlar sonini ko‘paytirishni taklif qildi.

“10 round qilaylik! Tarixda birinchi marta! Keling, buni amalga oshiraylik Dana Uayt”, - deb yozadi Chimayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimayev hozirga qadar mag‘lubiyatga uchragani yo‘q, uning faoliyati 13 ta g‘alabadan iborat. Bundan avval UFS 294 turnirining asosiy jangida Chimayev yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFS chempioni Kamaru Usmonni mag‘lub etgandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati