Toshkent metrosida yana nosozlik yuz berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 22:46
Bugun, 6 aprel kuni Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi. Holat yuzasidan metropoliten rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilshicha, 17:40 lar atrofida Chilonzor yo‘lining «Chinor» bekatidan «Yangihayot» bekati tomon harakatlangan 8-sonli harakat tarkibining vagon eshiklarida nosozlik holati kuzatilgan.

Shu boisdan, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezd «Yangihayot» bekatiga kelgach, yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga yuborilgan.

"Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati