• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • OAV: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar 7 aprel kuni Qohirada bo‘lib o‘tadi

OAV: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar 7 aprel kuni Qohirada bo‘lib o‘tadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 22:38
G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralar 7 aprel kuni Misr poytaxti Qohirada qayta boshlanadi.

Bu haqda Misrdagi yuqori martabali manbalarga tayanib, Cairo al-Ikhbariya telekanali xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, Qohirada o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun intensiv diplomatik aloqalar davom etmoqda.

«Ertaga (yakshanba) Qohira G‘azo sektorida tinchlikni ta’minlash bo‘yicha muzokaralarga mezbonlik qiladi», - dedi u.

Manbaga ko‘ra, muzokaralarda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Bill Berns, Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon as-Soniy hamda Isroil va HAMAS delegasiyalari ishtirok etadi.

Misrdan hozircha rasmiy bayonot berilmagan.
Avvalroq Falastinning HAMAS harakati yakshanba kuni Xalil al-Hayya boshchiligidagi delegasiya G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Qohiraga borishini ma’lum qilgandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati