Pioli: Endi bor e’tiborimizni Yevropa Ligasiga qaratamiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 22:24
Stefano Pioli "Milan"ning qolgan mavsumdagi maqsadlarini aytib o‘tdi.

A Seriyaning 31-turida “Milan” “Lechche”ni mag‘lub etdi (3:0).

"Biz yaxshi formadamiz, o‘zimiz xohlagandek o‘ynadik, har ikki jamoa ham juda motivasiyaga ega edi. Endi bor e’tiborimizni butunlay boshqa turnirga qaratishimiz kerak – Yevropa ligasining chorak final dastlabki uchrashuvi. Bu har ikki jamoa uchun ham muhim o‘yin.

"Roma" tabiiyki "Slaviya" yoki "Renn"dan yaxshiroq jamoa, ammo biz muxlislarimiz qarshisida birinchi o‘yinda uy arenasidagi ustunlikdan maksimal darajada foydalanmoqchimiz.

Biz ikkala musobaqada ham imkon qadar raqobatbardosh bo‘lishni istaymiz, shuning uchun A Seriyada ikkinchi o‘rinni egallash va Yevropa Ligasida to‘liq yo‘lni bosib o‘tish katta yutuq bo‘ladi. Biz bunga erishmoqchimiz", - deydi "Milan" ustozi Stefano Pioli.

11 aprel kuni “Milan” va “Roma” o‘rtasidagi Yevropa ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
"Rossoneri" A Seriyada 2-o‘rinda, uchinchi o‘rindagi "Yuventus"dan 9 ochkoga oldinda, peshqadam "Inter"dan esa 11 ochkoga ortda qolmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati