World Central Kitchen SAHAL harakatlari mustaqil tarzda tekshirilishini talab qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 22:20
Dunyo bo‘ylab inqirozli hududlarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi World Central Kitchen (WCK) nodavlat tashkiloti 5 aprel, juma kuni Isroil Mudofaa armiyasi (SAHAL) G‘azo sektorida gumanitar yordam yuk mashinalari karvoniga hujum qilishi oqibatida yetti nafar xodimining o‘limi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi.

«Isroil Mudofaa armiyasi G‘azo sektoridagi o‘z xatosi yuzasidan ishonchli tekshiruv o‘tkaza olmaydi», - deyiladi WCK’ning tashkilot veb-saytidagi bayonotida.

«SAHAL G‘azo sektoridagi yuk mashinalarimiz karvoniga qilingan halokatli hujumdagi mas’uliyatni va o‘z xatolarini tan oldi. Shuningdek, qo‘mondonlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rdi va boshqa islohotlarga sodiqligini ko‘rsatdi. Bular oldinga bo‘lgan muhim qadamlardir, - dedi tashkilot. - Biroq dastlabki tergov shuni ko‘rsatadiki, SAHAL o‘z protokollari, subordinasiya va jangovar harakatlar qoidalarini hisobga olmagan holda halokatli kuch qo‘llagan. SAHAL bizning guruhlarimiz barcha tegishli aloqa tartib-qoidalariga rioya qilgan holda harakatlanganini tan oldi. SAHAL tomonidan olingan videoyozuvda quroli bo‘lmagan va hech qanday xavf tug‘dirmagan shaxsiy tarkibimizga qarata o‘q uzish uchun biron sabab ko‘rsatilmagan» - deyiladi tashkilot bayonotida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati