Tuxel alamli mag‘lubiyatdan keyin ham iste’foga chiqarilmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 22:10
“Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya chempionatining 28-turida “Xaydenxaym”dan uchralgan mag‘lubiyatga qaramay, yaqin orada iste’foga chiqarilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar birinchi bo‘limdan so‘ng 2:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda o‘z darvozasidan uchta to‘p o‘tkazib yubordi va mag‘lubiyatga uchradi. Chempionat yakunlanishiga 6 tur qolganida “Bavariya” va yetakchi “Bayer” o‘rtasidagi farq 16 ochkoni tashkil etadi.

"Bavariya" sport direktori Kristof Froyndning so‘zlariga ko‘ra, Tuxel ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimini tark etmaydi va Londonning "Arsenal" jamoasi bilan ikki o‘yinlik qarama-qarshilikda jamoani Chempionlar ligasida boshqaradi.

Bu haqda Bayern & Germany xabar bermoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati