Londonda musulmonlar Ramazonni xavotirda qarshi oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 07:06
London musulmon jamoasi uchun bu yil muqaddas Ramazon oyi notinch boshlandi. Isroilning G‘azodagi urushi fonida islomofobiyaning avd olishi qo‘rquv va xavotirlarni kuchaytirdi, hukumatdan xavfsizlik choralarini oshirish so‘ralmoqda.

Xususan, fevral oyi o‘rtalaridan beri Londonda bir qancha hodisalar, jumladan, uchta masjid – Palmers-Grin, Sautgeyt va Oisha masjidiga hujumlar sodir bo‘ldi. Hujumchilar kuzatuv tizimlariga zarar yetkazgan va kompyuterning qattiq disklarini o‘g‘irlagan, deya xabar beradi London Islom madaniyati jamiyati.

Musulmonlarga qarshi voqealarni qayd etib boruvchi Tell MAMA milliy targ‘ibot loyihasining qayd etishicha, Isroil G‘azo sektorida halokatli urush boshlagan 7 oktyabrdan beri Buyuk Britaniyada islomofobiya holatlari uch barobardan ko‘proqqa oshgan.

Mart oyi boshida Uembli masjidida va Lesterdagi boshqa masjidlarda ham hodisalar haqida xabar berilgan. Ushbu hududlarda jamoat a’zolari Ramazon oyida qattiq xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirilgan.

Musulmon jamiyati butun London bo‘ylab nafrat bilan bog‘liq jinoyatlar sezilarli darajada oshganiga guvoh bo‘lmoqda. Jamoat bayonotida aytilishicha, ular orasida shaxslar yoki guruhlarga shaxsan yoki onlayn tarzda haqorat, irqiy yoki diniy tazyiq va boshqa huquqbuzarliklar kiradi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati