Meksika prezidenti Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzishni aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 20:52
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador tashqi ishlar vaziri Alisiya Barsenaga Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Meksika davlati rahbari 6 aprel, shanba kuni ertalab X mikroblogida yozdi.

Bu harakat Ekvador polisiyasining 2023 yil dekabridan buyon Ekvador sobiq vise-prezidenti Xorxe Glas istiqomat qilayotgan Kitodagi Meksika elchixonasiga kuch ishlatib kirishi bilan bog‘liq. U Meksikadan siyosiy boshpana so‘ragan va polisiya elchixonaga bostirib kirishidan bir necha soat oldin unga rozilik olgan.

O‘z navbatida, Meksika tashqi ishlar vaziri Alisiya Barsena Mexiko Ekvadorni xalqaro huquqni buzganlikda ayblab Xalqaro sudga murojaat qilishini aytdi. TIV rahbari ta’kidlaganidek, elchixonaga bostirib kirish chog‘ida bir necha meksikalik diplomat jarohat olgan va yaralangan.

6 aprelga o‘tar kechasi Ekvador polisiyasi Kitodagi Meksika elchixonasiga kuch ishlatib kirib, u yerda Ekvador rasmiylaridan yashirinib yurgan mamlakat sobiq vise-prezidenti Xorxe Glasni hibsga oldi.

Glas vatanida poraxo‘rlik va korrupsiyada ayblanmoqda. U 2017 yildan 2022 yilgacha Ekvador qamoqxonasida bo‘lgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati