Ispaniya iyulgacha Falastin davlatini tan oladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 20:00
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares Madrid joriy yilning iyuligacha Falastin davlatini tan olishini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya iyul oyigacha, oldin prezident tomonidan aytib o‘tilganidek, Falastinni suveren davlat sifatida tan olishni rejalashtirmoqda. Yevropada bu siyosatni qo‘llab-quvvatlovchilar ham ancha ekanligi aytilgan.

“Ispaniya bu borada qat’iy irodaga ega. Biz yevropalik hamkorlarimiz, shuningdek, arab hamkorlarimiz bilan gaplashmoqdamiz”, — deyiladi tashqi ishlar vaziri xabarida.

Vazir Albares G‘azo va Yaqin Sharqda keskinlik bartaraf etilgandan so‘ng, mahalliy aholi manfaatlarini ifoda etish va hududiy yaxlitlikni kafolatlash uchun Falastin milliy hokimiyatini tashkil etishni taklif qilgan. Hamkor davlatlarni bu hokimiyatni tan olishga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan.

Ispaniya rasmiysi kelgusidagi Falastin qanday bo‘lishi haqida fikr bildirar ekan, bir qancha jiddiy mulohazalar bildirgan. Jumladan, vazirga ko‘ra, kelgusida Sharqiy Quddus va G‘azo “maxsus koridor” orqali qayta bog‘lanishi kerak. G‘azo dengiz porti orqali erkin transport tarmog‘iga ulana olishi kerak.

“Men Falastinning yangi bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad Mustafo bilan gaplashdim. Men unga Ispaniyaning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar yordamning to‘siqsiz kirishi va Falastin davlatini tan olish bo‘yicha qat’iy irodasini yetkazdim. Ispaniya tinchlik uchun harakat qilmoqda”, — deyilgan Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albaresning bayonotida.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati