O‘zbekistonda endi xorijga ketayotgan migrantlarning xarajatlari qisman qoplanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 19:56
O‘zbekistonda endi xorijga ketayotgan migrantlarning xarajatlari qisman qoplanadi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda har yili o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalarini qariyb 650 ming nafar yosh bitiradi. Ularning chorak qismi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinsa, qolgani mustaqil ravishda, jumladan, xorijdan ish qidira boshlaydi. Ushbu talabni qondirish maqsadida O‘zbekiston iqtisodiyotida yiliga o‘rtacha 300 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilmoqda.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan boshqa davlatlarga ish izlab chiqayotgan migrantlarning 43 foizdan ortig‘ini o‘rta ma’lumotli, qariyb 29 foizini tugallanmagan o‘rta ma’lumotlilar tashkil qiladi. Ularning aksariyati xorijda o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini to‘la himoya qila olmaydi.

Qayd etilishicha, xorijda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatildi. Ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Oxirgi ikki yilda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga yuborilgan. Lekin ayrim odamlar malaka talab qilmaydigan o‘lkalarga o‘zlari ham mustaqil ravishda ketyapti. Ularning mehnat va yashash sharoitlari, kasbi, daromadi turlicha.

Bugungi kunda 28 ta davlatning 300 ga yaqin ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan. Hozir 16 ta davlat, shu jumladan, 10 ta iqtisodiy rivojlangan davlat ish beruvchilarida O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish uchun 160 mingta ish o‘rinlari aniqlandi. Birgina Evropa davlatlari bilan hamkorlikda 100 mingdan ortiq ish o‘rinlariga yurtdoshlarni jalb qilish bo‘yicha 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, Germaniyaning 23 ta ish beruvchi va rekruting agentligi bilan 60 mingga yaqin yurtdoshlar tibbiyot, haydovchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri va Ausbildung (dual ta’lim) asosida ishga jalb qilinmoqda. Ularga o‘rtacha 2,1 ming dollar ish haqi taklif qilinyapti.
Bu yil boshida esa Angliyada elektromexanik, qassoblik va qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga 7,5 ming ish o‘rni aniqlangan edi. Bugungi kunda yana tibbiyot yo‘nalishida 10 mingta ish o‘rniga talabnoma olindi. Litva, Latviya, Polsha, Bolgariya, Finlyandiya va boshqa Yevropa davlatlariga ham 27 mingdan ortiq fuqarolarni yuk mashina haydovchiligi, ishlab chiqarish, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ishga yuborish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilyapti.
Shuningdek, bu yil ilk marotaba Koreyaga ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasiga 15,5 ming ish o‘ringa kvota olindi. Koreyada oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 ming dollarni tashkil qiladi. Kanada qurilish sohasida esa 5 mingta ish o‘rniga buyurtma berdi, soatiga 12 dollardan 30 dollargacha maosh to‘lamoqchi. 2023 yilda 38,4 ming fuqaro xorijda ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 2024- yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 20,9 ming nafarni tashkil etdi.
Xorijda taklif etilayotgan ish o‘rinlarining aksariyatiga qisqa muddatda (o‘rtacha 1-12 oy) ishchi kuchi yetkazib berish talab etilmoqda. Shu sababli hozirda ikkita yo‘nalishda ishlar tashkil etilgan. Birinchi yo‘nalish — qisqa muddatda to‘ldirilishi talab etiladigan ish o‘rinlari “Xorijga ish — mahalladan” tamoyilida individual ishlagan holda, ish beruvchilar talabiga mos keladigan kasbiy malaka va chet tilini bilish darajasiga ega nomzodlarni tezkor topish orqali to‘ldiriladi.
Buning uchun “labor-migration” dasturi “online-mahalla” axborot tizimiga integrasiya qilinib, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar va ish beruvchi talablarini to‘liq aks ettirgan holda, muntazam yangilab borish tizimi joriy qilindi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati