Odil sudlov sifatini oshirish muhokama etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 19:54
Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan sudyalar faoliyati samaradorligi hamda odil sudlov sifatini oshirish masalasi ibratli sudyalar tajribasi misolida qizg‘in muhokama qilindi.

Odil sudlov samaradorligi birinchi navbatda sudyalarning bilim darajasi va amaliy ko‘nikmalariga bog‘liq. Biroq sudyalik uchun shuning o‘zi kifoya qilmaydi. Halollik, xushmuomalalik, matonatlilik va ilmga chanqoqlik kabi xislatlar ham ushbu lavozim egasiga qo‘yiladigan asosiy talablardan.

Mazkur talablar sudyalar faoliyati samaradorligini ochiq va shaffof baholash elektron reytingining asosiy mezonlari hisoblanadiki, yuqori reyting ko‘rsatgichlariga ega sudyalar haqli ravishda «Ibratli sudya» mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Sudyalar oliy kengashi tomonidan amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilgan mazkur shaffof tartib asosida keyingi uch yilda 50 nafar sudya «Ibratli sudya» mukofotiga munosib deb topildi. Bunday maqomga loyiq ko‘rilgan sudyalar faoliyati va tajribalari bilan yaqindan tanishish esa hech qachon foydadan xoli bo‘lmagan.

Ayni shu maqsadda tashkil etilgan bugungi tadbirda «Ibratli sudyalar»ga minbar berilib, ularga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkoniyati yaratildi.

Tadbirda so‘z olgan sudyalar muvaffaqiyatlari zamirida ustozlarning o‘git-maslahatlari yotganini e’tirof etgan holda o‘z faoliyati va tajribasi misolida vaqtni taqsimlash va undan unumli foydalanish, ish samaradorligini oshirishda kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirishdan tortib, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishgacha to‘xtaldi. Shuningdek, bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirib borishda ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan jihatlar, sud majlisini boshqarishning xususiyatlari, muayyan ishlar bo‘yicha sud hujjatlarini qabul qilishda ehtimoliy xatolarning oldini olish omillari haqida ham so‘z yuritildi.
Qayd etildiki, alohida o‘rnak va namuna ko‘rsatib kelayotgan sudyalarning faoliyati e’tirofga loyiq. Biroq maqsad e’tirof bilan chegaralanish emas, balki ularning shaxsiy tajriba, maslahat va tavsiyalari bilan yosh hamkasblarini yaqindan tanishtirish, bunga imkoniyat va sharoit yaratgan holda odil sudlov sifatini yanada oshirishdir. Chunki, bugun sud tizimida faoliyat ko‘rsatayotganlarning qariyb 21 foizini ushbu lavozimda bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlangan sudyalar tashkil etadi. Bu har besh nafar sudyaning bir nafarida muvaffaqiyatli hamkasblari tajribalarini o‘rganish, ularning taklif va tavsiyalariga ehtiyoji borligini ko‘rsatadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati