• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Moskvada “Sputnik V” vaksinasining muallifini o‘ldirishda ayblanayotgan shaxs 14 yilga qamaldi

Moskvada “Sputnik V” vaksinasining muallifini o‘ldirishda ayblanayotgan shaxs 14 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 06:38
Moskvaning Xoroshevskiy sudi Gamaleya nomidagi Markazning katta ilmiy xodimi Andrey Botikovning o‘ldirilishida aybdor deb topilgan Aleksey Zmanovskiyni maxsus rejimli koloniyaga 14 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Olim koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining mualliflaridan biri edi.

47 yoshli Botikov 2023 yil 2 mart kuni Moskvadagi turarjoy binolaridan birida o‘ldirilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Zmanovskiy uni uydagi janjal paytida kamar bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan, shundan so‘ng u g‘oyib bo‘lgan. U ertasi kuni hibsga olingan va u o‘z aybini tan olgan.

Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Zmanovskiy avvalroq og‘ir jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan (tafsilotlari noma’lum). Xoroshevskiy sudi jazoga Kaluga tuman sudining ozodlikni cheklash tarzidagi avvalgi hukmi bo‘yicha muddatning o‘talmagan qismini qo‘shdi. 14 yillik qamoq jazosidan tashqari Zmanovskiy 80 ming rubl miqdorida jarimaga ham tortildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati