Turkiya kompaniyasi Surxondaryoda quyosh elektr stansiyasi quradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 19:10

Turkiyaning quyosh elektr stansiyasi qurishga ixtisoslashgan "Akgun enerji” kompaniyasi bosh direktori Kemal Gunay boshchiligidagi delegasiya a’zolari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qabulida bo‘lib, zamonaviy qayta tiklanuvchi elektr energiyasi manbaini barpo etish masalasini muhokama etdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va qardosh Turkiya davlati o‘rtasida keyingi yillarda o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Mamlakatimiz janubidagi voha ob-havosi yilning to‘rt faslida ham quyoshli bo‘lishi qayta tiklanuvchi elektr energiyasi manbaidan oqilona foydalanishga qulay imkoniyat ekani qayd etildi.

Turkiyalik sarmoyadorlar bunday imkoniyatdan samarali foydalanish uchun viloyatda 100 MVt quvvatga ega bo‘ladigan quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini ilgari surdi.

Muzokara chog‘ida viloyat hokimi bunday istiqbolli, iqtisodiy va ekologik samarador loyihani birgalikda amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratishga, uni ro‘yobga chiqarishga yaqindan ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi. Mahalliy va turkiyalik mutaxassislar ishtirokida loyihaning texnik-iqtisodiy imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni boshlash tavsiya etildi.

Ayni paytda viloyatning Sherobod tumanida barpo etilayotgan quvvati 457 MVt bo‘lgan yirik quyosh fotoelektr stansiyasida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati