Qozog‘istonda so‘nggi 80 yil ichidagi eng talofatli suv toshqinlari kuzatilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 18:56

Bu haqida mamlakat prezidenti aholi va ommaviy axborot vositalariga murojaatida ma’lum qilgan.

Joriy qish haddan tashqari ko‘p qor va sovuqlik omili sabab, Qozog‘istonda mavsumiy qor qoplamasi to‘planishi uchun qulay sharoit kuzatildi. Va to‘satdan bahoriy issiqlik va yog‘inlar qorlarning jadal erishi va joylarda suv bosish, suv toshqin xavflarini ko‘paytirib yubordi.

Qozog‘istonning 10 ta viloyatida qor erishi bilan bog‘liq suv bosish hodisalari ortidan, mahalliy favqulodda holatlar e’lon qilingan.

Shu bilan birgalikda, prezident aholiga murojaatida tasdiqlanmagan rasmiy bo‘lmagan axborotlarga ishonmaslik, sarosimaga tushmaslikni ham so‘ragan.

"Hammasi nazorat ostida, barcha kuch tuzilmalar talofatlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun joylarga safarbar qilingan. Talofat zararlari to‘liq qoplab beriladi", — degan prezident.
Mavsumiy qor qoplamlar yerda to‘liq erib bo‘lmagani va suv toshqinlar bilan bog‘liq holatlar cho‘qqisi hali oldinda ekanini ham qo‘shimcha qildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati