Xoland 5 o‘yindan iborat golsiz seriyasini buzdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 18:24
Erling Xoland 5 o‘yindan iborat golsiz seriyasini buzdi.

"Manchester Siti"ning 23 yoshli forvardi APLning 32-turi doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda (4:1, ikkinchi bo‘lim) gol urdi.

Erling so‘nggi marta 6 mart kuni Chempionlar ligasi doirasida "Kopengagen" darvozasini ishg‘ol qilgandi (3:1). Keyin u klub va Norvegiya terma jamoasi safida 5 ta o‘yinda gol urmagan.

Joriy mavsumda Xoland APLda 25 ta o‘yinda 19 ta gol urdi va to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda. Muhammad Saloh, Olli Uotkins, Dominik Solanke va Koul Palmer 16 martadan gol urishdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati