Qozog‘istonning o‘nta viloyatida mahalliy favqulodda holat e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 18:14
Qozog‘istonning o‘nta viloyatida mahalliy favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev respublikadagi suv toshqinlari tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyat munosabati bilan o‘z murojaatida ma’lum qildi va bu Qozog‘iston rahbari saytida e’lon qilingan.

«Ko‘p yillardan buyon kuzatilmagan tabiiy ofat yuz berdi. Ehtimol, bu so‘nggi 80 yil ichida ko‘lami va oqibatlari bo‘yicha eng katta ofatdir. Suv toshqinlari tufayli mamlakatning o‘nta viloyatida (Abay, Aqmo‘la, Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘anda, Qo‘stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston va Ulitau viloyatlari) mahalliy favqulodda holat e’lon qilindi», — dedi Toqayev.

Unga ko‘ra, hukumat suv toshqini oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirdi, Bosh vazir boshchiligida Respublika shtab-kvartirasi tuzildi.

– Tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha imkoniyatlari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi kuchlari safarbar etilgan. Jabrlangan viloyatlar hokimliklari kechayu kunduz ishlamoqda, bir necha o‘n minglab ko‘ngillilar ularga joylarda katta yordam ko‘rsatmoqda. Vaziyat qiyin, ammo umidsizlikka tushishning hojati yo‘q, biz bu vaziyatni to‘g‘irlaymiz. Asosiysi, insonlar qurbon bo‘lishining oldini olish, — dedi davlat rahbari.

Toqayev barcha jabrlanganlarga moddiy va boshqa zarur yordam ko‘rsatilishini, barcha moddiy yo‘qotishlar qoplanishini ta’kidladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati