• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qashqadaryoda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Qashqadaryoda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 49
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 06:32
Qashqadaryoda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi, IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.U. o‘z uyidan 6 000 dona "SHAHRISABZ" nomli qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotini "Isuzu" rusumli yuk avtomashinasida Navoiy viloyatida o‘tkazish uchun olib ketayotgan vaqtida YPX maskanida to‘xtatib qolingan.

Ushbu mahsulotlarning manbasini aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda, Shahrisabz shahri "Kunchiqar" MFY hududidagi xonadonda yashovchi O.SH. o‘z uyida qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi fosh etilib, ushbu yashirin sexdan jami 2 568 dona “SHAHRISABZ” va “Russkaya” nomli qo‘lbola alkogol mahsuloti, 1 796 dona qalbaki aksiz marka, 920 litr spirt, 6 500 dona yorliq va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, O.SH. yashirin ishlab chiqarish faoliyati davomida orttirgan daromadlari hisobidan “Nexia-3”, “Damas” va “Lacetti” rusumli avtotransport vositalarini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish), 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati