Pedri PSJga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 17:30
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jamoasi bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkaza olmadi. Jurnalist Xavi Migelning xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida "PSJ"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Shu bilan birga, shifokorlar shtabidan yashil chiroq yongan Frenki de Yong va Andreas Kristensen Parijdagi o‘yinda "Barselona"ga albatta yordam bera oladi. Pedri ham o‘z navbatida jarohatidan hali to‘liq forig‘ bo‘lgani yo‘q. Yarim himoyachi katta ehtimol bilan javob o‘yinida "PSJ"ga qarshi maydonga tusha oladi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" rahbariyati Pedri bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Ispaniyalik futbolchi mart oyi boshida "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati