• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Yunusobod va Qibray tumanlarida 934,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi

Yunusobod va Qibray tumanlarida 934,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 06:30
Yunusobod va Qibray tumanlarida 934,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Xasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.A.” MCHJ rahbari D.S. MCHJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati