Evropol: Yirik jinoiy guruhlarning 86 foizi qonuniy iqtisod bilan shug‘ullanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 16:50
Evropolning Yevropa iqtisodiyotidagi jinoiy tarmoqlar bo‘yicha yangi hisobotiga ko‘ra, asosiy jinoiy guruhlarning 86 foizi qonuniy biznes bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruhlar korrupsiya yo‘li bilan Yevropa Ittifoqidagi qonuniy biznesga kirib bormoqda.

Hisobotga ko‘ra, eng faol jinoiy guruhlarning 86 foizi o‘z faoliyatini yashirish va jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish uchun qonuniy iqtisodda qatnasha oladi.

Evropol ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruhlarning 70 foizdan ortig‘i korrupsiyaga murojaat qiladi — shu orqali ular polisiya va sudlar uchun to‘siqlar yaratadi.

Ispaniya milliy polisiyasi allaqachon Yevropol bilan hamkorlikda Ispaniyadan Fransiyaga giyohvand moddalarni tashishga ixtisoslashgan jinoiy tashkilotni yo‘q qilganini e’lon qilgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati