Endi xorijga ketayotgan migrantlarning xarajatlari qisman qoplanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 16:46
Yurtimizda har yili o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalarini qariyb 650 ming yosh bitiradi. Ularning chorak qismi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinsa, qolgani mustaqil ravishda, jumladan, xorijdan ish qidira boshlaydi. Ushbu talabni qondirish maqsadida O‘zbekiston iqtisodiyotida yiliga o‘rtacha 300 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilmoqda.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan boshqa davlatlarga ish izlab chiqayotgan migrantlarning 43 foizdan ortig‘ini o‘rta ma’lumotli, qariyb 29 foizini tugallanmagan o‘rta ma’lumotlilar tashkil qiladi. Ularning aksariyati xorijda o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini to‘la himoya qila olmaydi. Bunga, birinchi navbatda, til bilmasligi sabab. Demak, bundan xulosa qilish mumkinki, mehnat migrasiyasi masalasida qator muammolar mavjud.

Bu muammoning oldini olish mumkinmi? Albatta, mumkin. Mamlakatimizda xorijga ishlash uchun ketish istagidagi mehnat migrantlarini til va kasb-hunarga o‘qitish, xavfsizligi va kafolatlangan ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilgan.

Ammo, ko‘pchilik shu maqsaddagi yurtdoshlarimiz Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xizmatlaridan foydalanmaydi. Chunki chiqish tartibiga ko‘ra, mehnat migrasiyasi uchun chet elga ketayotgan shaxslarning majburiy kasbiy tayyorgarligi to‘g‘risida sertifikat talab qilinadi. Shu bois, ko‘pchilik fuqarolar xavfsizligini o‘ylamay, Rossiya yoki Qozog‘istonga borishni afzal ko‘radi.

Ushbu muammolarni hisobga olib, bugungi kunda O‘zbekistonda mehnat migrasiyasini, xalqaro mehnat migrasiyasi jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi migrasiya siyosatini shakllantirish yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda. Mehnat migrasiyasi masalalarini tartibga solish, mavjud muammolarni bartaraf etish, chet elga ketishdan oldin yurtdoshlarimizning kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mehnat migrasiyasi geografiyasini kengaytirish natijasida aniqlangan ish o‘rinlarini to‘ldirish uchun nomzodlar maqsadli tayyorlanmoqda.

Masalan, chet elga ishlashga ketadiganlar uchun majburiy kasbiy tayyorgarlik tartibi joriy etildi. Talabgorlar ish beruvchining talablariga muvofiqligini maksimal darajada oshirish uchun qator mamlakatlar tilini o‘qitish markazlari ochildi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qisqacha aytganda, xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan o‘zgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatildi. Ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.
Oxirgi ikki yilda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga yuborilgan. Lekin ayrim odamlar malaka talab qilmaydigan o‘lkalarga o‘zlari ham mustaqil ravishda ketyapti. Ularning mehnat va yashash sharoitlari, kasbi, daromadi turlicha.
Bugungi kunda 28 ta davlatning 300 ga yaqin ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlik shartnoma imzolangan. Hozir 16 ta davlat, shu jumladan, 10 ta iqtisodiy rivojlangan davlat ish beruvchilarida O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish uchun 160 mingta ish o‘rinlari aniqlandi. Birgina Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda 100 mingdan ortiq ish o‘rinlariga yurtdoshlarimizni jalb qilish bo‘yicha 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.
Misol uchun, Germaniyaning 23 ta ish beruvchi va rekruting agentligi bilan 60 mingga yaqin yurtdoshlarimiz tibbiyot, haydovchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri va Ausbildung (dual ta’lim) asosida ishga jalb qilinmoqda. Ularga o‘rtacha 2,1 ming dollar ish haqi taklif qilinyapti.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati