“Menga APLdagi g‘oliblik Chempionlar Ligasidan muhimroq” — Gvardiola

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 16:44
Pep Gvardiola nima uchun Chempionlar Ligasidagi g‘alaba qozonishdan ko‘ra, APLda g‘alaba qozonish muhimroq ekanini tushuntirdi.

“Menga bu yoqadi. Men uchun eng muhim sovrinlar bu ichki sovrinlar — Premyer Liga va La Liga. Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish unchalik yoqimli emas, deb aytmoqchi emasman, albatta, bu yoqimli. “Man Siti” hisobida bunday kubok bor, biz bu tuyg‘u nimaligini bilamiz, shuning uchun biz xotirjammiz.

Chempionlar Ligasi muhim, lekin unda g‘alaba qozonishingiz uchun barcha omillarni nazorat qilish qiyin. APLda g‘oliblikni qo‘lga kiritish ko‘p narsani isbotlaydi.

Ichki chempionatda g‘alaba qozonish ko‘p yillar davomida doimiy kurashda bo‘lgan jamoalarning ruhiyatini ko‘rsatadi. Shaxsan men uchun bu shunday: siz har kuni qo‘lingizdan kelganini qilishingiz kerak”, — dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Gvardiola. Hozirgacha Gvardiola “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti” bilan 11 marta mamlakat chempioni bo‘lgan.

Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” 30-turdan so‘ng APLda 67 ochko to‘plab, 3-o‘rinda bormoqda




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati