• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Nukus shahrida fuqaro o‘z xonadonida qo‘lbola usulda aroq mahsulotini ishlab chiqarish uchun “yashirin sex” tashkil qilganligi aniqlandi

Nukus shahrida fuqaro o‘z xonadonida qo‘lbola usulda aroq mahsulotini ishlab chiqarish uchun “yashirin sex” tashkil qilganligi aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 06:28
Nukus shahrida fuqaro o‘z xonadonida qo‘lbola usulda aroq mahsulotini ishlab chiqarish uchun “yashirin sex” tashkil qilganligi aniqlandi.

Inson salomatligiga jiddiy xavf soluvchi sifati kafolatlanmagan va qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini aniqlash va ularni ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan DXX, IIV va MG xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida Nukus shahridagi xonadonlardan biri sanksiya asosida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun “Yashirin sex” tashkil etilganligi va unda 8 415 dona “Qarataw” yozuvli oldi va orqa etiketkalar, 241 dona shisha kapsulasi, 172 dona qalbaki aksiz markalari, 1800 dona “Qarataw” shisha probkalari, 6000 dona probka ichidagi plasstmassalar, 1 dona qadoqqa sana qo‘yish muhri va uning siyohi, 24 litr spirt mahsuloti, 11 metr shlang, 11 dona polietilen plyonkalar, 60 dona 0,5 va 0,75 litr hajmli bo‘sh shisha idishlari, 47 dona 5 litrli spirt mahsulotining bo‘sh idishlari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ish tergov organlariga yuborilgan.

Ma’lumot uchun: Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, alkogol mahsulotlari sifat nazoratidan o‘tkazilib, “Davlat belgisi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan aksiz markalari bilan qadoqlanishi belgilangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati