Angliyada Liverpul Man Sitini ortda qoldirishi kutilyapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 15:36
Superkompyuter Premyer-ligadagi chempionlik poygasi natijalari bo‘yicha o‘z versiyasini taqdim etdi. 

The Sun xabariga ko‘ra, bu mavsumda APL g‘olibi "Liverpul" bo‘ladi. Londonning “Arsenal” klubi esa bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Kuchli uchlikda amaldagi chempion “Manchester Siti” bo‘ladi. Superkompyuter prognoziga ko‘ra, Birmingemning "Aston Villa"si to‘rtinchi, "Tottenxem" esa beshinchi o‘rinni egallaydi.

"Manchester Yunayted" oltinchi, "Chelsi" esa yettinchi o‘rindan joy oladi.

“Nyukasl”, “Bornmut” va “Brayton” ham kuchli 10talikka kiradi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati