AQShda Boeing 737 samolyoti parvoz chog‘ida tashqi qoplamasining bir qismidan ajraldi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 43
- Формат: mp4
- Дата релиза: 17-03-2024, 06:24
Reys San-Fransiskodan uchib chiqib, yakuniy manzilga — Roug Velli xalqaro aeroportiga Toshkent vaqti bilan 16 mart kuni 01:45 da eson-omon qo‘ngan.
Inspeksiya parvozdan keyingi tekshiruv chog‘idagina samolyotda tashqi panel yo‘qligini aniqlagan. Shundan keyin aeroport o‘z ishini to‘xtatgan, samolyot qoplamasining yo‘qolgan qismini topish maqsadida uchish-qo‘nish yo‘lagi va aerodrom tekshirib chiqilgan, ammo hech narsa topilmagan.
Samolyot bortida 139 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ular jabr ko‘rmagan.
Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.