AQShda Boeing 737 samolyoti parvoz chog‘ida tashqi qoplamasining bir qismidan ajraldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 06:24
United Airlines aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti Amerikaning Oregon shtati Medford shahriga tashqi panelsiz qo‘ndi, deb xabar beradi Fox News kompaniya vakiliga tayanib.

Reys San-Fransiskodan uchib chiqib, yakuniy manzilga — Roug Velli xalqaro aeroportiga Toshkent vaqti bilan 16 mart kuni 01:45 da eson-omon qo‘ngan.

Inspeksiya parvozdan keyingi tekshiruv chog‘idagina samolyotda tashqi panel yo‘qligini aniqlagan. Shundan keyin aeroport o‘z ishini to‘xtatgan, samolyot qoplamasining yo‘qolgan qismini topish maqsadida uchish-qo‘nish yo‘lagi va aerodrom tekshirib chiqilgan, ammo hech narsa topilmagan.

Samolyot bortida 139 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ular jabr ko‘rmagan.

Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati