London Inson huquqlari kengashidan chiqmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 14:38
Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak parlament konservativ a’zolarining iltimosini qo‘llab-quvvatlashga va Britaniyani Yevropa Inson huquqlari kengashi tarkibidan chiqarishga tayyorligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, agar Yevropa sudi Britaniyaning Ruandaga noqonuniy muhojirlar va qochqinlarni chiqarib yuborish rejasini bloklasa, London ushbu qadamni tashlaydi.

“Barcha rejalar butun xalqaro majburiyatlarimiz, jumladan, Inson huquqlari konvensiyasiga mos kelishiga ishonaman. Lekin men chegara xavfsizligini ta’minlash va noqonuniy migrasiya ustidan nazoratni ta’minlash chetdagi sudga a’zolikdan ko‘ra muhimroq, deb hisoblayman, chunki bu bizning davlat suverenitetimiz uchun asosdir”, deb ta’kidladi siyosatchi.

Konservativ o‘ng qanot deputatlar uzoq vaqtdan beri inson huquqlarini buzuvchi va huquq himoyachilari noroziligiga sabab bo‘lgan bir qator qonunlarni amalga oshirish uchun Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa kengashini tark etishga chaqirib keladi.

Yil boshida Yevropa sudi sudyalari Britaniya bosh vazirining rejasi Inson huquqlari bo‘yicha konvensiyaga zid kelishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Shunisi e’tiborga loyiqki, London 1953 yilda aynan shu konvensiyani yaratuvchilardan biri bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati