• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston va Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlash sari dadil odimlamoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlash sari dadil odimlamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 14:36
Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti kafedra mudiri, professor Jolt Polgar "Dunyo" AA uchun intervyusida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 5 aprel kuni Xivaga buyurgan tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi keng qamrovli munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va foydali sheriklik ruhida rivojlanib kelmoqda. Ikki tomonlama hamkorliklar 2021 yilda ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi.

Qozog‘iston Prezidentining joriy yil 5 aprelda O‘zbekistonning Xiva shahriga amalga oshirgan tashrifi va uning davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro foydali va konstruktiv ko‘p qirrali hamkorlikni yanada faollashishiga zamin yaratadi. Albatta, bunday jarayonlarning samarali bo‘lishida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, sa’y-harakatlari va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Aytish kerakki, ikki tomonlama siyosiy-diplomatik aloqalarda faol va ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Ikki do‘st mamlakat ko‘p tomonlama munosabatlarda ham bir-birilarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar. Ayniqsa, BMT, MDH, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Qozog‘iston O‘zbekistonning yirik savdo hamkorlaridan hisoblanadi. Mamlakatlar hududlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Bilishimizcha, ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi tarkibida asosiy o‘rinni sanoat, qurilish, farmasevtika va qishloq xo‘jalik mahsulotlari egallaydi. O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yaqin besh yil ichida 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirishgan.

Yana bir muhim yo‘nalish bu transport kommunikasiyalari sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdir. Ikki davlat tranzit-transport sohasida salmoqli salohiyatga ega. Ta’kidlash joizki, mamlakatlar Yevroosiyoning xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan "Shimol-Janub" va "Sharq-G‘arb" asosiy savdo-transport yo‘laklari kesishmasida joylashganini e’tiborga olib, transport tarmog‘ini yanada samarali foydalanishga intilmoqdalar.

Davlat rahbarlarining muloqotida siyosiy va iqtisodiy hamkorliklar bilan bir qatorda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, san’at, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirishga intilish qat’iy ta’kidlab kelinadi.
Ishonchimiz komilki, yaqin istiqbolda O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligida barcha sohalardagi aloqalarning yuqori tezlikda rivojlanishi yuz beradi. O‘zbekiston va Qozog‘iston mintaqaning yirik davlatlari bo‘lib, ulardagi ichki va tashqi siyosatdagi har qanday o‘zgarish butun mintaqaga ta’sir o‘tkazadi. Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi ularning o‘zaro yaqinlashishga oid harakatlari va tashabbuslari butun mintaqada keng miqyosli hamkorliklarni yanada faollashishiga imkoniyatlar yaratadi. Bunday jarayon esa Markaziy Osiyoni barqaror rivojlanayotgan mintaqaga aylanishiga olib keladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligining investisiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, to‘qimachilik, transport va logistika sohalarida vujudga kelgan va rivojlanib borayotgan ko‘p qirrali hamkorlikning yangi tendensiyalari bugungi holatini mustahkamlash va chuqurlashtirish, kengaytirish istiqbollari muhim strategik vazifa bo‘lib qoladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati