• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Samarqandda ijaraga berilgan 1,3 mlrd so‘mlik bino buzilib, qurilish materiallari sotib yuborildi

Samarqandda ijaraga berilgan 1,3 mlrd so‘mlik bino buzilib, qurilish materiallari sotib yuborildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 14:32
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ijaraga berilgan bino-inshootni buzib, qurilish materiallarini sotgan MCHJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “Q.G.” MCHJ rahbari D.B. tumandagi “Qo‘ralos” qishlog‘ida joylashgan Samarqand viloyat “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi” balansida bo‘lgan bino-inshootni ijaraga olib, o‘ziga ishonib topshirilgan umumiy bahosi 1,3 milliard so‘mlik mulkni buzgani va qurilish materiallarini sotib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mart oxirlarida departament xodimlari tomonidan Navoiyda ijaraga berilgan 1 gektar yerni 5 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlangan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati