«Gashish» giyohvandlik vositasini olib kirgan jinoiy sheriklarga hukm o‘qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 14:30
Sud materiallariga ko‘ra, Tojikistonlik 4 nafar shaxs o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, 2 kg. 986,28 gr. «gashish» giyohvandlik vositasini Tojikistondan kontrabanda yo‘li orqali O‘zbekistonga olib kirishgan va Jizzaxning Dashtobod shaharchasi hududidan o‘tgan A-376 avtomobil yo‘lining 242 kilometrida o‘rnatilgan «Dashtobod» yozuvli yo‘l belgisi yaqinidagi xufiyona joyga yashirib ketishgan.

Jinoiy sheriklar salkam 3 kg.ga teng «gashish» giyohvandlik vositasini Samarqand viloyatida yashovchi «xaridorlar»ga qonunga xilof ravishda yetkazib berishni maqsad qilgan.

Shu niyatda jinoiy sheriklarning ikki nafari A-376 avtomobil yo‘lida berkitib ketilgan «gashish» giyohvandlik vositasini yashirilgan joyidan olib, ularni kutib turgan yana bir sherigining manzili tomon harakatlanishgan. Biroq to‘rtovlon DXX hamda Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Tintuv vaqtida Tojikiston fuqarosi bo‘lgan shaxsning yonidagi 2 kg. 986,28 gr. «gashish» giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilgan.

Tezkor tadbir vaqtida ularni Dashtobod shahridagi umumiy ovqatlanish maskanlarining birida kutib turgan yana bir sherik ham qo‘lga olingan va savdosi o‘xshamagan sheriklarning jinoiy harakatlari shu tariqa to‘xtatilgan.

Sud mazkur jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan ushbu shaxslarga 11 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Giyohvandlik balosi insoniyatni tanazzul botqog‘i sari yetaklaydigan eng xavfli illat ekanini unutmaylik. Bu toifadagi jinoyatga qo‘l urgan kimsalar qonuniy va adolatli tarzda jazoga tortilishlari muqarrar.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati