Balotelli: Ba’zi qora tanlilar irqchilikni bahona qilishadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 14:24
Mario Balotelli stadionlardagi irqchilik haqida gapirdi.

"Menga ba’zi qora tanlilar yoqmaydi, chunki ular irqchilikni bahona qilishadi. Irqchilik hamma joyda ham sodir bo‘lavermaydi.

Italiyaliklar irqchi emas. Ular har doim hijrat qilishgan va immigrasiyaga ko‘nikish uchun boshqalarga qaraganda ko‘proq vaqt kerak bo‘lgan. To‘g‘risi, ular menga o‘xshaganlarni ko‘rishga odatlanmagan.

Muammo shundaki, stadionlarda har doim irqchilikka oid gaplarni aytishga va qilishga ruxsat berilgan.

Lekin men sizga bir narsani kafolatlayman: tribunada ma’lum so‘zlarni aytganlarning hammasi ham ko‘chada, real hayotda bunga qodir emas. Men bunga 100% aminman. Shuning uchun men bu odamlarning irqchi ekanligiga ishonishim qiyin.

Ular asabga o‘ynash uchun shunday qilishadi. Irqchilik haqorat emasligini tushunishlari kerak. Bu undan ham og‘irroq narsa", - dedi "Adana Demirspor" hujumchisi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati