G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 14:22
HAMAS rasmiy vakili Usama Hamdan payshanba kuni Falastin guruhi moslashuvchanlik ko‘rsatganiga qaramay, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda hech qanday ilgarilash yo‘qligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Yeni Safak.

Hamdan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ikki tomonning kelishuvga erishishiga to‘siqlar yaratayotgani hamda garovga olingan isroilliklarni ozod qilishdan “manfaatdor emasligini” aytdi. Hamdan Bayrutdagi matbuot anjumanida "Ishg‘ol hukumati qochishda davom etmoqda va muzokaralar yopiq doiraga tushib qoldi", dedi.

Avvalroq Qatar poytaxti Doxada Isroil va Falastinning HAMAS harakati delegasiyalari o‘rtasida asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishishga qaratilgan muzokaralari rasman boshlangani, muzokaralar taxminan ikki hafta davom etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Biroq Misr va Qatarning AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan sa’y-harakatlari shu paytgacha o‘t ochishni to‘xtatishga erisha olmadi. HAMAS Isroil harbiy hujumini to‘xtatish uchun har qanday sulhni istasa-da, Isroil harbiy kampaniyani to‘xtatish majburiyatini rad etib, garovga olinganlar evaziga mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvni afzal ko‘rmoqda.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi payshanba kuni e’lon qilgan bayonotda 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan harbiy hujumida 33 037 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgani, 75 668 nafari yaralangani aytiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati