2024 yilda 5 ta shahar, 48 ta shaharchaning bosh rejalari ishlab chiqiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 14:14
Xususan, 2024 yil rejasiga ko‘ra, 5 ta shahar, 48 ta shaharchaning bosh rejalari hamda 116 ta qishloq aholi punktlari hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tildi. Qo‘mita tomonidan 2024 yil 27-29 mart kunlari qurilish sohasidagi ustuvor vazifalarning ijro etilishi holati Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “Qurilish sohasidagi ustuvor vazifalarning ijro etilishi, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Axborotda keltirilishicha, ob’ektlarni loyihalashtirish ishlarini takomillashtirish maqsadida loyiha-qidiruv tashkilotlarni elektron reyting baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Natijada 2 087 ta loyiha tashkilotining reyting ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.

Shuningdek, 2024 yil uchun Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida yangidan boshlanuvchi 1 193 ta ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazilgan. Loyiha hujjatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, issiqlik samaradorligi, zilzilabardoshligi, yong‘in xavfsizligi va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning to‘siqsiz harakat qilishi bo‘yicha namunaviy uzellar ishlab chiqilgan.

Qurilish sohasida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni ta’minlash maqsadida 10 dan ortiq platformalar ishga tushirilgan.
Muhokamalarda qurilish sohasidagi ruxsat berishga doir hujjatlarni olish borasida byurokratik to‘siqlar bo‘layotganligi, ushbu holatlarni bartaraf etish choralari yetarlicha olib borilmayotgani, hududlarda ayrim qurilish tashkilotlari shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etmayotgani jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, hududlarda qurilishlarni rejalashtirish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda bosh rejalarga amal qilish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar berildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati