• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Yaqin kunlarda «Toshkent IEM»da 64 MVtga teng ikkita gaz turbinasi qurilmalari ishga tushiriladi

Yaqin kunlarda «Toshkent IEM»da 64 MVtga teng ikkita gaz turbinasi qurilmalari ishga tushiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 14:12
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi qarori ijrosi doirasida amal oshirilmoqda. Loyiha ishga tushirilgach, markaz tomonidan yiliga qo‘shimcha 515,6 million kilovatt soat elektr va 690,3 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Har bir kilovatt elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi 161 grammni tashkil etadi.

«Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedovning so‘ziga ko‘ra, mazkur loyihaning tatbiq etilishi markaz faoliyatida yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga olib keladi.

– Investisiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu gaz turbinasi qurilmalarining afzalligi shundaki, ular zamonaviy va energiya tejamkordir. Bu esa tabiiy resurslarni iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Loyiha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida ishlab chiqilgan. Uni Turkiyaning «Çalik Enerji» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiryapmiz. Loyiha ishga tushirilgach, qo‘shimcha 40 ta ish o‘rni yaratiladi. Loyihaning umumiy qiymati esa 115 million AQSh dollarini tashkil etadi. Qurilish jarayonida asosan mahalliy quruvchilar ishtirok etyapti. Tabiiy gaz va suvni iqtisod qilish global masalalardan. Shu sababli, bu loyiha foydalanishga topshirilgandan keyin yiliga 220 ming metr kubga yaqin tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, Toshkent issiqlik elektr markazi umumiy quvvati soatiga 100 megavattdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi, –dedi M. Bekmuhammedov.

Ma’lumot o‘rnida, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tizimidagi korxonalarning yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidagi ulushi 70 foizdan ko‘proqni tashkil etadi. 2023 yilda tashkilot tomonidan jami 54,2 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu rejaga nisbatan 1,4 milliard kilovatt soatga ko‘p deganidir. Shuningdek, investisiya loyihalari doirasida 622,63 million AQSh dollari o‘zlashtirilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati