Mendesh Kanseluning transferi bo‘yicha Manchester Siti bilan muzokaralarni boshladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 13:22
"Barselona"ning o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanseluning agenti Jorje Mendesh ayni damda mijozining transferini tartibga solishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchining huquqlari "Manchester Siti"ga tegishli va ayni paytda ijara asosida "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynamoqda, biroq futbolchi transferi doimiy amalga oshirilishini istamoqda.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, Mendesh "Manchester Siti" bilan muzokaralar olib bormoqda va "shaharliklar"ni murosaga ko‘ndirmoqchi.

"Barselona" 29 yoshli Joau uchun 30 million yevro berishga tayyor, ingliz jamoasi esa ko‘proq mablag‘ xohlamoqda. Kanseluga turli klublar qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchi "Barselona"da qolishni istamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati