Pullarini o‘zlashtirib kelgan firibgar o‘zining yaqin tanishi bo‘lib chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 13:18
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida yashovchi 52 yoshli (ayol) R.N. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 1.550.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtrilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 33 yoshli (ayol) YU.A. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan (ayol) YU.A., jabrlanuvchi (ayol) R.N.ning yaqin tanishi ekanligi, shuningdek unga bildirmasdan "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 1.550.000 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, (ayol) YU.A.ing sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati