Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari sabab bir qator cheklovlar joriy etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-04-2024, 13:16
Ayni paytda Toshkent aeroporti hududida mavjud terminalni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Shu munosabat bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan joylarda xavfsizlikni ta’minlash va odamlarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida terminal hududida bir qator cheklovlar joriy etilgan.

Avtotransport vositalari, jumladan, taksilar va sayyohlik avtobuslari kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun alohida yo‘lak ajratilgan. Ushbu yo‘lakda yo‘lovchilarni tushirish 10 daqiqadan oshmasligi lozim. Uzoqroq vaqt to‘xtash lozim bo‘lsa, avtoturargohgan foydalanish kerak.

Shuningdek, rekonstruksiya ishlari munosabati bilan kuzatuvchilarning Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zaliga kirishi vaqtincha cheklangan. Istisno tariqasida, homilador va bolali ayollar, qariyalar va nogironlar hamrohligidagi shaxslarga terminal ichiga kirishga ruxsat etiladi. Ushbu shaxslar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishlari lozim.

Asosiy uchib ketish terminali oldidagi birinchi qavat qurilishini o‘z ichiga olgan bosqich 2024 yil iyun oyida yakunlanishi rejalashtirilgan. «Uzbekistan Airports» kompaniyasi rahbariyati va «Toshkent» aeroporti ma’muriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilar, kuzatuvchi va kutib oluvchilardan uzr so‘raydi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati