Qirg‘iziston Qozog‘istonga 300 tonna gumanitar yordam jo‘natdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 06-04-2024, 13:14
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov topshirig‘iga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “Mahsulotlar karvoni” insonparvarlik yuklari tashkil etildi. Aholiga kungaboqar yog‘i, shakar, guruch, makaron va qandolat mahsulotlari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan matras, kiyim-kechak, chodirlar yetkazib beriladi.
Gumanitar yuk ortilgan karvon 6 aprel kuni ertalab soat 4 da Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.
4 aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov Jogorku Kenesh yig‘ilishidagi nutqi chog‘ida yaqin orada Qirg‘iziston Qozog‘istonning suv toshqinidan jabr ko‘r mintaqalariga insonparvarlik yordami jo‘natishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.